«yangi yil» tegli maqolalar


O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi kunida 1859 nafar chaqaloq tug‘ildi
2 yanvar 2024, 12:09

O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi kunida 1859 nafar chaqaloq tug‘ildi

1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1859 nafar chaqaloq tug‘ildi, ulardan 847 nafari qiz, 1012 nafari o‘g‘il bola. Xususan, 21 ta holatda egizak, 1 ta holatda uch egizak dunyoga keldi.

1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?
1 yanvar 2024, 10:01

1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

Yana 5 ta shaharda yo‘lovchi tashishda brutto-shartnoma amal qiladi, maktab direktorlari kasbiy sertifikatlanadi, chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilmagan yangi obyektlar loyihalari ekologik ekspertizadan o‘tkazilmaydi, baliqchilikka garovsiz kredit ajratiladi — 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

2024-yil O‘zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” bo‘ladi
1 yanvar 2024, 00:00

2024-yil O‘zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” bo‘ladi

2024-yil O‘zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. “Inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir”, — dedi u o‘zining Yangi yil tabrigida.

Markaziy bank dam olish kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxatini e’lon qildi
30 dekabr 2023, 12:16

Markaziy bank dam olish kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxatini e’lon qildi

O‘zbekistonda Yangi yil bayrami va dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari xizmatlarini taqdim etuvchi banklar ro‘yxati e’lon qilindi.

Yangi yil bayrami va dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi — SSV
30 dekabr 2023, 09:54

Yangi yil bayrami va dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi — SSV

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda 30-dekabrdan 2-yanvargacha bo‘lgan dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari 24 soat ishlashini ma’lum qildi.

Toshkent metrosi 31-dekabr kuni bir soat ko‘proq ishlaydi
27 dekabr 2023, 13:54

Toshkent metrosi 31-dekabr kuni bir soat ko‘proq ishlaydi

Toshkent metropoliteni 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. 30-dekabr, 2024-yil 1−2-yanvar kunlari esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.

Bayram kunlari Toshkentdagi avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi
25 dekabr 2023, 17:41

Bayram kunlari Toshkentdagi avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi

Toshkentda avtobuslar 30-dekabrdan 2-yanvarga qadar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida, 6-yanvar — shanba kuni esa ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent
3 yanvar 2023, 17:01

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent

Huvillagan ko‘chalar, ishlayotgan jamoat transporti va shaharni tozalash ishlari. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzaahmedov Toshkentning 2023-yildagi ilk tongini tasvirlarga muhrladi.

1 yanvardan nimalar o‘zgaradi?
30 dekabr 2022, 00:01

1 yanvardan nimalar o‘zgaradi?

Fuqarolarni shaxsini aniqlash uchun IIBga olib borishdan voz kechiladi, Toshkent jamoat transporti sifatga qarab moliyalashtiriladi, faxriy donorlarga beriladigan mukofot puli ko‘paytiriladi, advokatlar faoliyati onlayn litsenziyalanadi, pensiyaning maksimal miqdori oshiriladi — 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

Namanganda odamlar to‘plangani aks etgan video Yangi yil bayramida olingan — IIB
10 yanvar 2022, 20:58

Namanganda odamlar to‘plangani aks etgan video Yangi yil bayramida olingan — IIB

Namangan viloyati IIB yo‘l bo‘ylab o‘nlab odamlarning yugurib ketayotgani aks etgan video Yangi yil oqshomida tasvirga olingani, yo‘lni hech kim to‘sib qo‘ymagani, namoyishlar bo‘lmaganini ma’lum qildi.

1960−1990-yillarda O‘zbekistonda Yangi yil qanday nishonlangan?
2 yanvar 2022, 13:03

1960−1990-yillarda O‘zbekistonda Yangi yil qanday nishonlangan?

Bolalar bog‘chasi va bolalar uylaridagi bazmlar, san’atkorlarning televideniyedagi chiqishlari, Prezident archasi. «Gazeta.uz» so‘roviga binoan Kinofotofonohujjatlar milliy arxivi tahririyatga 1960−1990-yillarda mamlakatda Yangi yil qanday nishonlangani aks etgan suratlarni taqdim etdi.

Prezident: «Xalqimizning hayoti yanada farovon bo‘lishi uchun bor kuchlarimizni safarbar etamiz»
31 dekabr 2021, 23:59

Prezident: «Xalqimizning hayoti yanada farovon bo‘lishi uchun bor kuchlarimizni safarbar etamiz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Yangi yil bayrami bilan tabrikladi. «Ishontirib aytamanki, xalqimizning hayoti yanada farovon va mazmunli bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz», — dedi davlat rahbari.

Chimyonga olib boruvchi yo‘llarda harakat bir tomonlama bo‘ladi
31 dekabr 2021, 12:54

Chimyonga olib boruvchi yo‘llarda harakat bir tomonlama bo‘ladi

31 dekabr va 1 yanvar kunlari «Yangi O‘zbekiston» bog‘i atrofidagi yo‘llarda harakat vaqtincha cheklanadi. 31 dekabrdan 10 yanvargacha Chimyon yo‘lida harakat bir tomonlama bo‘ladi.

Yangi yil arafasidagi Toshkent
31 dekabr 2021, 09:00

Yangi yil arafasidagi Toshkent

Yangi yildan oldin Toshkent bezatildi. Turli xil installyatsiyalar va chiroqlar bilan o‘ralgan daraxtlar Yangi yil kayfiyatini ulashmoqda. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin shaharning bayramoldi muhitini ko‘rsatadi.

Bayram kunlari havo iliq bo‘ladi — O‘zgidromet
30 dekabr 2021, 14:38

Bayram kunlari havo iliq bo‘ladi — O‘zgidromet

O‘zbekistonliklar yangi yilni yog‘ingarchiliksiz, iliq ob-havoda kutib oladi. Faqat 4 yanvar kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, shu kuni qor faqat tog‘li hududlarda yog‘adi. Umuman olganda, O‘zgidromet xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda Yangi yilda qor yog‘ishi kam uchraydigan holat. 31 dekabrda yog‘ingarchilik o‘rtacha 4−5 yilda bir marta, 1 yanvarda esa 2−3 yilda bir marta kuzatiladi.

Yangi yilda o‘zbekistonliklar eng ko‘p qanday sovg‘a kutishmoqda? «Gazeta.uz» so‘rovnomasi
30 dekabr 2021, 11:34

Yangi yilda o‘zbekistonliklar eng ko‘p qanday sovg‘a kutishmoqda? «Gazeta.uz» so‘rovnomasi

«Gazeta.uz» o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aksariyat respondentlar Yangi yil bayrami sovg‘asi sifatida kitoblar va pulni ma’qul ko‘rishadi. Bayram kayfiyatining asosiy manbai esa oila davrasida, deb bilishadi. Shuningdek, respondentlarning har uchtadan bittasi 2022 yilda pandemiya nihoyasiga yetishini istaydi.

So‘rov: 82% o‘zbekistonliklar 2022 yilni «xursandchilik, ko‘tarinki kayfiyat»da kutib olishmoqda
30 dekabr 2021, 10:25

So‘rov: 82% o‘zbekistonliklar 2022 yilni «xursandchilik, ko‘tarinki kayfiyat»da kutib olishmoqda

«Ijtimoiy fikr» so‘rovi natijalariga ko‘ra, qariyb 82% o‘zbekistonliklar Yangi yilni «xursandchilik, ko‘tarinki kayfiyat» bilan kutib olishmoqda. Ko‘pchilik 2022 yildan faqat ro‘shnolik va yaxshilikni kutmoqda.

Bayram kunlari poytaxt jamoat transporti qay tartibda ishlaydi?
29 dekabr 2021, 18:40

Bayram kunlari poytaxt jamoat transporti qay tartibda ishlaydi?

«Yangi yil» bayrami munosabati bilan dam olish kunlari poytaxtda avtobuslar va metro harakati vaqti o‘zgaradi. Jumladan, 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi jamoat transporti harakati 1 soatga uzaytiriladi. 5 yanvarga qadar ular yakshanba kuniga mo‘ljallangan jadval asosida faoliyat yuritadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 dekabr 2021, 23:26

Jahon yangiliklari dayjesti

«Tolibon»ning Afg‘oniston universitetlari mablag‘ yetishmasligi sababli yopiqligicha qolishini ma’lum qilgani, Hindistonning yanvardan 15 yoshdan oshgan o‘smirlarni emlashni boshlashi, Yamandagi isyonchilarning Saudiya Arabistoniga 400 dan ortiq raketalar uchirgani, Tailand poytaxtida yangi yil tadbirlari koronavirus sababli bekor qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Nima tayyorlaymiz: Yangi yil dasturxoni uchun issiq taomlar
25 dekabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: Yangi yil dasturxoni uchun issiq taomlar

Gaz pechida pishirilgan kurka go‘shti, norin, gril tovug‘i, gaz pechida pishirilgan qo‘y kuragi, qozonda pishirilgan lo‘la-kabob — Zira.uz yangi yil dasturxoni uchun issiq taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting